“Vatandoshlar” jamoat fondi 2021 yil 11 avgustda tashkil etilgan. Bizning asosiy maqsadimiz- xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni tarixiy Vatani atrofida yanada jipslashtirish, ularning qalbi va ongida yurt bilan faxrlanish tuyg‘usini yuksaltirish, milliy o‘zlikni saqlab qolish, vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalarini qo‘llab-quvvatlash, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizning salohiyatini mamlakatimiz taraqqiyotiga samarali yo‘naltirishdir!
Fondning ramzi
"Vatandoshl asdasdas asds aar" jamoat fondining ramzida asosan milliy qadriyatlarimizni anglatuvchi minoralar hamda tarixiy obidalarimizning naqshlarida aks etgan ko‘k rangdan foydalanilgan. Ko‘k rang – bu tinchlik va hotirjamlik ramzi bo‘lib, u yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni va sadoqatni bildiradi. Markazda O‘zbekiston Respublikasining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bunyod etilgan muhtasham obida “Mustaqillik monumenti” joy olgan. Obidaning eng yuqori qismida O‘zbekiston gerbidan ham o‘rin olgan “Humo qushi” tasvirlangan. Obidaning orqa tomonida globus tasviri tushirilgan bo‘lib, bu xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan ishlashni nazarda tutadi. Shuningdek, ramzda ochiq kaftlar keltirilgan bo‘lib, bu Fondning ochiqlik va qabul qilishlikni, halollik va samimiylikni, vatandoshlarni “Yangi O‘zbekiston” atrofida yanada jipslashishiga, ularga doimiy ravishda g‘amxo‘rlik qilishga ham tayyor ekanligini anglatadi.
"Vatan asd asdoshlar" jamoat fondining ramzida asosan milliy qadriyatlarimizni anglatuvchi minoralar hamda tarixiy obidalarimizning naqshlarida aks etgan ko‘k rangdan foydalanilgan. Ko‘k rang – bu tinchlik va hotirjamlik ramzi bo‘lib, u yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni va sadoqatni bildiradi. Markazda O‘zbekiston Respublikasining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bunyod etilgan muhtasham obida “Mustaqillik monumenti” joy olgan. Obidaning eng yuqori qismida O‘zbekiston gerbidan ham o‘rin olgan “Humo qushi” tasvirlangan. Obidaning orqa tomonida globus tasviri tushirilgan bo‘lib, bu xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan ishlashni nazarda tutadi. Shuningdek, ramzda ochiq kaftlar keltirilgan bo‘lib, bu Fondning ochiqlik va qabul qilishlikni, halollik va samimiylikni, vatandoshlarni “Yangi O‘zbekiston” atrofida yanada jipslashishiga, ularga doimiy ravishda g‘amxo‘rlik qilishga ham tayyor ekanligini anglatadi.
Fondning tashkil topishi haqida
"Vatandoshlar" jamoat fondi 2021 yil 11 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5220-sonli qarori bilan xorijiy davlatlardagi vatandoshlarimiz bilan doimiy va samarali aloqalar o‘rnatish va rivojlantirish hamda yagona Vatani atrofida jipslashtirish maqsadida tashkil etilgan. "Vatandoshlar" jamoat fondining vasiylik kengashi Fondning oliy organi hisoblanadi. Vasiylik kengashi tomonidan shakllantiriladigan Fond Boshqaruvi — Fondning ijro organi hisoblananadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab -quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasiga har yili asoslangan buyurtmanoma asosida Fondning asosiy vazifalarini bajarish doirasidagi tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishni moliyalashtirish uchun subsidiya shaklida zarur mablag‘larni ajratadi.
Oliy maqsadimiz-xorijdagi vatandoshlarni Vatan atrofida birlashtirish, ularning qalbi va ongida yurtdan faxrlanish tuyg'usini yuksaltirish, milliy o'zlikni asrashdir!